Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 14 milliard so‘mlik avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi, deb xabar berdi viloyat hokimligi.
Qashqadaryo hokimligiga ko‘ra, 15 km uzunlikdagi 4K-303 Kitob – Miroqi yo‘lini asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida elektr ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinib, uning doirasida yangi transformatorlar o‘rnatildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatidagi yo‘llarni ta’mirlash uchun 2 milliard so‘m ajratilgani haqida yozgan edi.