Toshkent aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalar qabul qilinmoqda

eʼlon qilindi
Arizalar 23-sentabr 18:00 gacha qabul qilinadi
Foto: News.tampaairport.com

Toshkent xalqaro aeroporti hududida professional spotting-tur uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tadbirning taxminiy sanasi 2024-yil 16-oktabr etib belgilangan.

Spotting-turda barcha spotterlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlardan spotting@uzairports.com elektron manziliga ariza yuborishi va pasport skanerini ilova qilish talab etiladi. Arizalar 23-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Nomzorlar tanlashda professional foto va video uskunalari borligi, aviatsiya mavzularidagi o‘zining tematik veb-sayti, bloglarga egaligi va professional spotterlar resurslarida suratlari joylashtirilganiga ahamiyat beriladi.

Ariza ma’qullansa, nomzodga 2024-yil 25-sentabrga qadar javob xati jo‘natiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent» xalqaro aeroportida CIP yo‘lovchilarning chiqish joyi o‘zgargani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek