Senatda o‘tkazilgan yalpi majlisda individual harakatlanish vositalari (skuter, samakat, elektrovelosipedlar va h.k) yordamida yo‘l harakatida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka oid qonun loyihasi ma’qullandi, deb xabar beradi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Mazkur qonun loyihasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 171-moddasi oltinchi qism bilan to‘ldiriladi.
Bunda foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar haqida o‘z vaqtida fuqaroni xabardor etish va chora ko‘rish bilan bog‘liq yangi norma kiritilmoqda.
Shuningdek, yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilishi, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilanmoqda.
Tez-tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalariga yo‘l berishi natijasida MJtK ning 171-moddasida asosan javobgarlik yuzaga kelsa, 103 – 101 bo‘linmalari tomonidan xizmatga oid hujjatlar taqdim etiladi. Shundan so‘ng ma’muriy ish MJtK ning 271-moddasiga asosan tugatiladi.
Qonunda yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanganligi (ruxsat etilgan hollar bundan mustasno) uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratilishiga oid qonun loyihasi ma’qullangani haqida xabar bergan edi.