Bank-moliya sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonunga koʻra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash belgilanmoqda.
Shuningdek, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Jumladan, «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalar kiritildi.
Bunda Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, shuningdek, banklar, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston kiberxavfsizlik rivojlanayotgan davlatlar qatorida ekani haqida xabar bergan edi.