Yangiliklar

Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari ma’lum qilindi

Meva-sabzavot jami eksportning 5,3 foizini tashkil etadi
Foto: Pixabay

Oʻzbekiston joriy yilning yanvar – avgust oylarida xorijga $922,8 millionlik 1,3 million tonna meva-sabzavot eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 9,0 foizga, pul koʻrinishida esa 20,8 foizga koʻpaygan. Meva-sabzavot jami eksportning 5,3 foizini tashkil etdi.

Skrinshot: Statistika agentligi

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya(44,1 foiz), Pokiston (15,2 foiz), Qozogʻiston (14,6 foiz) hamda Afgʻoniston (6,6 foiz) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Stavropoldan Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importi 20 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.