Oliy sud raisiga oʻrinbosarlar saylandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi
Foto: Senat

Senatning 57-yalpi majlisida Oʻzbekiston Oliy sudi raisining oʻrinbosarlarini saylandi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Muslimov besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Shuningdek, Olimjon Ismailov besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Otabek Umarov Osiyo olimpiya kengashining Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek