Rossiyadagi eng koʻp mehnat migrantlari Oʻzbekistondan ekani ma’lum boʻldi

eʼlon qilindi
Mehnat migrantlarining asosiy qismi Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari hisoblanadi
Foto: Unsplash

Rossiyadagi eng koʻp mehnat migrantlari Oʻzbekistondan ekani aniqlandi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mehnat migrantlarining asosiy qismi Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari hisoblanadi. Joriy yilning yanvar – avgust oylarida Rossiyaga 1,8 milliondan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi borgan. Mamlakatdan chiqib ketganlar soni esa 1,5 million kishini tashkil qiladi. Shu bilan birga, 1,7 million nafardan ortiq oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari ayni vaqtda Rossiyada ishlamoqda.

Keyingi oʻrinda 1,2 milliondan ortiq tojikistonlik mehnat muhojirlari Rossiyada boʻlib turganini koʻrish mumkin. Shuningdek, Rossiya boʻlib turgan qozogʻistonliklar soni nisbatan kamroq – 609 ming kishini tashkil qilmoqda.

Rossiyada ishlayotgan yarim million xitoyliklar roʻyxatda toʻrtinchi oʻrinda. Bundan tashqari, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Turkiya va Turkmanistonning ham yuz minglab fuqarolari Rossiyada boʻlib turibdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya mehnat muhojirlariga oilalarini olib kelishni taqiqlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek