Oʻzbekiston va Rossiyaning Stavropol oʻlkasi 2024-yilda savdo aloqalarini faollashtirdi, deb xabar bermoqda Rossiya viloyat hukumati.
Joriy yilning yanvar – iyul oylarida Stavropol oʻlkasi Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini 20 foizga oshirdi.
Shu davrda viloyat fermerlari tomonidan Oʻzbekistonga 11,5 ming tonnadan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berildi. Bular bugʻdoy va bugʻdoy-javdar uni, don, parranda goʻshti, kungaboqar yogʻi, mineral suv va muzlatilgan sabzavotlar hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat aholisi Stavropol mahsulotlarini bilan tez-tez iste’mol qila boshlagani haqida yozgan edi.