Yangiliklar

22-sentabr kuni Toshkent viloyati va Toshkentda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyatining tog‘li joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Rasm: Piqsels.

Bugun, 22-sentabr kuni Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning boshqa viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati 32-darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda ham yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 27-29 daraja issiq bo‘ladi, kechga kelib 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo quruq bo‘ladi. Faqat Toshkent viloyatining tog‘li joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 18-23 daraja iliq bo‘ladi.