O‘zbekiston oltin eksportini 14,5 foizga qisqartirdi
eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar – avgust oylarida O‘zbekiston $4,9 milliardlik oltin eksport qildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 14,5 foizga kam.
Mamlakatimiz uch oylik tanaffusdan so‘ng qimmatbaho metallarni xorijga yetkazib berishni qayta boshladi. Joriy yilning may oyidan iyul oyiga qadar eksport ko‘rsatkichi $4,19 milliardni tashkil etdi.
Bundan tashqari, joriy yilning sentabr oyida mamlakatimizda oltin quymalarining narxi kuz boshidan buyon 5 foizga qimmatlashib, rekordni uch marta yangiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda oltin quymalari narxlari oshishiga nima sabab bo‘lgani haqida yozgan edi.