O‘zbekistonda chakana savdo hajmi sentabr oyi boshida 216,7 trln so‘mdan oshib, yillik o‘sish 9,1 foizni tashkil etdi, deyiladi Statistika agentligi hisobotida.
Ushbu hajmning 178,4 trln so‘mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, 38,2 trln so‘mi yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Chakana savdo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida 56,2 trln so‘m, Toshkent va Samarqand viloyatlarida mos ravishda 20 trln va 19,4 trln so‘m qayd etildi.
Sentabr oyi boshiga savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni jami 88,8 mingdan oshdi. Shundan mikro va kichik biznes – 88,6 ming, yirik korxonalar – 324 ta.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan CMWP konsalting kompaniyasi Toshkentdagi asosiy ko‘cha-chakana savdo zonalarini aniqlagani haqida yozgan edi.