O‘zbekistondan 14 ta noyob artefakt Londonga jo‘natildi – video
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabariga ko‘ra
O‘zbekiston o‘zining qadimiy xazinalarini Londondagi xalqaro «Ipak yo‘li» ko‘rgazmasida namoyish etadi. Bu haqda O’zR Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy Telegram kanali xabar beradi.
O‘zbekistondan Londonga 14 ta qadimiy va qimmatbaho eksponatlar olib kelingan. Ular orasida devorlardagi ko’hna rasmlar va qadimiy shatranj to’plamlari bor.
Bu qadimiy buyumlar ilk bor O‘zbekistondan tashqarida namoyish etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida yo‘l qurilishi vaqtida qadimiy qabr topilganini yozgan edi.