O‘zbekistonlik sportchi yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Jenevada bo‘lib o‘tgan «Golden Fly» xalqaro turnirida
Rasm: MOQ

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Anvar Anvarov Jenevada bo‘lib o‘tgan «Golden Fly» xalqaro turnirida uzunlikka sakrash bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

Sportchi 7,87 metr natija ko‘rsatib, kuchli uchlikka kirdi.

Turnirning oltin medali namibiyalik Layonel Kutziga (7,99 m), kumush medali bolgariyalik Bojidar Saraboyukovga (7,96 m) nasib etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan futzal bo‘yicha O‘zbekiston – Kosta-Rika bellashuvi haqida yozgan edi. Turnir milliy jamoa uchun yakunlandi.

Shuningdek