O‘zbekistonning barcha siyosiy partiyalari saylovoldi dasturlarini taqdim etdi
O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov arafasida mamlakatdagi siyosiy partiyalar o‘z saylovoldi dasturlarini rasman taqdim etdi.
Partiyalar o‘z dasturlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, siyosiy hayot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarning asosiy masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Mamlakatda hozirgi paytda beshta siyosiy partiya (Xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Liberal-demokratik partiyasi, Ekologik partiyasi) mavjud.
Saylovoldi dasturlari partiyalarning rasmiy veb-saytlarida mavjud:
- «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi dasturi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 875 nafar nomzod Oliy Majlisga saylovda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olingani haqida yozgan edi.