Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

«Shovot-Toshovuz» chegaraoldi zonasini
Rasm: O‘zR matbuot xizmati

O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni 43 yoshga to‘lgani bilan telefon orqali tabrikladi. Tabrik chog‘ida qardosh turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar beradi.

Suhbat davomida mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy muloqot va idoralararo aloqalar, shu jumladan, Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida faol rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Muloqot paytida «Shovot-Toshovuz» chegaraoldi zonasini qurilish ishlari boshlangani haqida so‘z bordi. Energetika va transport sohasidagi kooperatsiyani chuqurlashtirish, shuningdek, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari bo‘yicha qilingan bitimlar qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikki davlat «Shovot-Toshovuz» qo‘shma savdo zonasini tashkil etish haqida kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.