O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat olimpiadasida uchinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi
Budapeshtda boʻlib oʻtmoqda
Rasm: Uzchess

O‘zbekiston erkaklar jamoasi Budapeshtda boʻlib oʻtayotgan shaxmat olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Uzchess xabar beradi.

Bugun, o‘zbekistonlik erkak shaxmatchilar 11-tur bahslarida Fransiya vakillariga qarshi dona surishdi. Qizlar esa Turkiya sportchilari bilan kuch sinashdi.

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o‘z raqiblari bilan durang o‘ynadi. Shamsiddin Vohidov esa Maksim Lagarde ustidan g‘alaba qozondi.

Shaxmat olimpiadasida Hindiston jamoasi oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni AQSH shaxmatchilari egalladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan durang oʻynagani haqida yozgan edi.

Shuningdek