Toshkentning qaysi tumanlari hafta davomida eng yaxshi hudud deb hisoblandi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Uchtepa, Mirobod va Bektemir tumanlari

Joriy yilning 20-sentabr holatiga ko‘ra Uchtepa, Mirobod va Bektemir tumanlari «Xalq nazorati» reytingida kuchli uchlikdan joy olishdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
Reyting ikkita mezon bo‘yicha tuziladi: aholi murojaatlari soni va muvaffaqiyatli hal etilgan shikoyatlar soni.
Reytingning quyi o‘rinlarida Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari turibdi.
Murojaatlar asosan, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ekologik muammolar va yo‘llar asfalt qoplamasi, obodonlashtirish masalalari bo‘yicha kelib tushadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflarining oshirilishi bo‘yicha rasmiy izoh berilgani haqida yozgan edi.