Joriy yilning 20-sentabr holatiga ko‘ra Uchtepa, Mirobod va Bektemir tumanlari «Xalq Nazorati» reytingida kuchli uchlikdan joy olishdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
Reyting ikkita mezon bo‘yicha tuziladi: aholi murojaatlari soni va muvaffaqiyatli hal etilgan shikoyatlar soni.
Reytingni quyi o‘rinlarida Chilonzor, Mirzo-Ulug‘bek va Yunusobob tumanlari turibdi.
Murojaatlar asosan, uy-joy komunnal xo‘jaligi, ekologik muammolar va yo‘llar asfalt qoplamasi, obodonlashtirish masalalari bo‘yicha kelib tushadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflarining oshirilishi bo‘yicha rasmiy izoh berilgani haqida yozgan edi.