Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Toshkentga keldi

eʼlon qilindi
Uni O‘zbekistonning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Yodgorxo‘ja Shadmanov kutib oldi
Foto: TOLOnews

Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Abdul Gʻofar Bahr Toshkentga keldi. Bu haqda Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib TOLOnews xabar berdi.

Unga ko‘ra, uni Muvaqqat ishlar vakili Mag‘furrula Shahab va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Yodgorxo‘ja Shadmanov kutib oldi.

Afg‘oniston diplomati sifatida ishlashni boshlash haqidagi qarorni Toshkent 2024-yil avgust oyi o‘rtalarida qabul qilgan. Keyin O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov «Tolibon» hukumati vakillari bilan uchrashuvda Islom Amirligi elchisini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari ham Afg‘oniston Islom Amirligining elchilarini qabul qildi, biroq Afg‘oniston muvaqqat hukumatini rasman tan olish bo‘yicha hozircha chora ko‘rmadi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Qirg‘iziston «Tolibon»ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlaganini yozgan edi.

Shuningdek