Banklarning sof daromadlari o‘sishni boshladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘tgan yilga nisbatan sof daromad 605 mlrd so‘mga o‘sgan.
Foto: REUTERS/Mukhammadsharif Mamatkulov

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda banklar faoliyatida sof daromadlar o‘tgan yilga nisbatan 9,2 foizga o‘sgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Joriy 1-sentabr hisob-kitoblariga binoan, sof daromad 7,2 trln so‘mni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilda 6,6 trln so‘mni tashkil etgan. Joriy yilda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sof daromad 605 mlrd so‘mga yoki salkam 9,2 foizga o‘sgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston banklarining 2024-yilning yetti oyida umumiy foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan kam boʻlgan (-2,44%). 20204-yilning sakkiz oylik davrda uzoq davom etgan pasayishdan so‘ng banklarning umumiy sof foydasi o‘sishni boshladi. 

2024-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, banklar tomonidan olingan foizli daromadlar 71,8 trln so‘mni, fozili xarajatlar esa deyarli 50,1 trln so‘mni tashkil qilgan.

Foizli daromadlar xarajatlar o‘rtasida farq 21,7 trln so‘mni tashkil qiladi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilda 18,6 trln so‘mni tashkil qilib 16,5 foizga o‘sgan.

Bundan tashqari, banklar faoliyatida foizsiz daromadlar deyarli 34 trln so‘m, foizsiz xarajatlar 14 trln so‘m, operatsion xarajatlar ham 14 trln so‘m bo‘lgan.

O‘tgan yilda ushbu ko‘rsatkichlar ushbu yo‘nalishda umumiy foizsiz daromad deyarli 8 trln so‘m bo‘lgan, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 5,4 trln so‘mga yoki 30,8 foizga tushgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan banklar joriy yilning 7 oyida 2023-yilning mos davriga nisbatan 159 mlrd so‘mga kamroq foyda olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek