Yangiliklar

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlandi

Hokimlar ham chet mamlakatdagi fuqarolar taqdiri uchun javobgar
Foto: Prezidenti matbuot xizmati

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi va Behzod Musayev unga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Davlat rahbari mamlakatimiz oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidladi.

Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi.

Bundan tashqari, hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Botir Zohidov nomzodi Bandlik vaziri lavozimiga ma’qullangani haqida xabar bergan edi.