Yangiliklar

Botir Zohidov nomzodi Bandlik vaziri lavozimiga ma’qullandi

Avval Shayxontohur tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Joriy yilning 23-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga Botir Zohidov nomzodini ko‘rib chiqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Majlisda Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik  sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Ma’lumot uchun, avval Botir Zohidov Shayxontohur tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. Bundan avval u Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.