Britaniya modalar kengashi o‘z tadbirlari ishtirokchilari ro‘yxatiga O‘zbekiston libos brendlarini kiritadi, deb xabar berdi Dunyo agentligi.
Bu haqda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov va kengash rahbari o‘rinbosari Devid Ley-Pemberton kelishib oldi.
Usmonov suhbatdoshiga O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati salohiyati haqida so‘zlab berdi va kengash vakillarini oktabr oyi boshida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan kreativ iqtisodiyot bo‘yicha konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi.
Britaniya modalar kengashi 1983-yildan beri faoliyat yuritadi, uning vazifasi britaniyalik dizaynerlarni jahon bozorida qo‘llab-quvvatlashdir. Tuzilma London moda haftaligini o‘tkazadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Face of Uzbekistan – 2024» shousi haqida yozgan edi.