23-sentabrdan uy-joy uchun subsidiyalarga arizalar berish boshlandi

eʼlon qilindi
ikki xil usulda ariza yo‘llash mumkin
Foto: Pixabay.com

Subsidiya uchun arizalar davlat xizmatlari markazlariga borish yoki «my.gov.uz» portalida ariza qoldirish orqali topshiriladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan fuqarolar yoki oilalarga taqdim etiladi. Bunda ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha daromadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha, Toshkent shahrida esa 2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha bo‘lishi talab etiladi.

Agar ariza beruvchida yetarli daromad bo‘lmasa, yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin.

Subsidiya ajratishda daromaddan tashqari uning amaldagi turar joyining maqomiga ham e’tibor beriladi

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, mehnat faoliyati va ma’lumotiga yosh oila ekanligiga, 30 yoshdan oshmaganligiga, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushganligiga ham e’tibor qaratiladi.

Agar arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri kelmasa, ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda, ilgari imtiyozli ipoteka kreditlari asosida kvartira yoki uy-joy hamda subsidiya olgan bo‘lsa yoki hududga ajratilgan mazkur yilgi limit tugagan bo‘lsa, subsidiya uchun ariza rad etilishi mumkin.

Boshlang‘ich to‘lov sifatida 30 mln so‘m subsidiya beriladi. Shuningdek, subsidiya asosida olingan kredit foizining 12 foizidan oshgan qismi qoplab beriladi. Kelasi yildan boshlab faqat Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan miqdor qoplaniladi.

Subsidiya asosida ajratiladigan kredit miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln, Toshkent shahrida esa 420 mln so‘mni tashkil etadi. Subsidiya asosida ajratilgan kredit sotib olinayotgan uy narxiga yetmasa, banklar o‘z mablag‘idan kredit ajratib beradi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ipoteka asosida yangi uy olayotganda kreditni sug‘urta qilish bekor qilingan.

Avvalroq Oʻzbekistonda modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek