Yangiliklar

Chirchiqda Spark avtomobili kanalga tushib ketdi

Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘qligi aytildi
Skrinshot: FVV

Toshkent viloyatida Spark avtomobili kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22-sentabr kuni soat 20:40 atrofida Spark rusumli avtomashina harakatlanib ketayotgan vaqtda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, «Mirzo Ulugʻbek» MFY hududidan oqib oʻtuvchi «Zax» kanaliga tushib ketgan.

Shahar FV boʻlimi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan. Haydovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yoʻqligi aytildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda yoʻlovchi avtobus koʻprikdan qulab tushgani haqida xabar bergan edi.