Yangiliklar

Choy o‘rniga – tamaki. Buxoroda tamaki olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Mahsulotlarning umumiy qiymati 17 mlrd so‘mni tashkil qiladi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Buxoroda qora choy nomi ostida tamaki mahsulotlarining olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tamakilar «Xo‘jadavlat» temir yo‘l chegara bojxona posti orqali kirib kelgan, shuningdek, mamlakatdan tranzit tarzida o‘tayotgan yuk poyezdi konteynerlaridan birida 16 tonnadan ziyod qora choy bo‘lishi kerak edi.

Bojxona tekshiruvi vaqtida aniqlanishicha, ushbu tovarlar choy emas ikki xildagi 705 mingdan ziyod «sigaret» mahsulotlari ekani aniqlangan.

Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 17 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu mahsulotlar vaqtincha saqlovga olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston — O‘zbekiston chegarasidagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti kechayu kunduz ishlay boshlagani haqida xabar bergan edi.