Endilikda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi

eʼlon qilindi
Bu orqali uylarni o‘z vaqtida berish ta’minlanadi
Foto: Pixabay.com

Prezident topshirigʻiga asosan qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi xorijiy tajribani oʻrgandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, developerlar oʻzlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish boʻyicha banklar bilan shartnoma tuzadi.

Bu uylarni olmoqchi boʻlgan odamlar pulini quruvchiga emas, toʻgʻridan-toʻgʻri bankka topshiradi.

Banklar yigʻilgan pulni quruvchiga resurs sifatida berib, quruvchi va xaridor oʻrtasida koʻprik boʻlib, uy-joyni oʻz vaqtida va sifatli topshirishga kafil boʻladi.

Mazkur tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan oʻtkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Ipoteka bog‘lari» yaratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek