O‘zbekistonda «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qonunga ko‘ra, qarindoshlarining sudlanganligi endilikda davlat fuqarolik xizmatiga kirish va uni tugatishga to‘sqinlik qilmaydi.
Prezident «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish kiritishni ham ma’qulladi. Hujjat tadbirkorlik subyektlariga har qanday faoliyatni amalga oshirish va uning yo‘nalishini mustaqil tanlash huquqini ta’minladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston raqobat qonunchiligini buzganlik uchun jazoni yumshatgani haqida yozgan edi.