«Ipoteka bog‘lari» yaratiladi

eʼlon qilindi
5 yilga bo‘lib to‘lash asosida
Foto: Agro.uz

Shavkat Mirziyoyev qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda yer ajratish chora-tadbirlari haqida so‘zladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hokimliklarga yana 50 ming gektar yer topish, ular negizida 200 ming oilani daromadli qilib, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, Soʻx, Baxmal, Pop, Ohangaron tumanlarida sanoatlashgan «in-vitro» tajribasidan foydalangan holda butun respublikada shunday bog‘lar yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, «ipoteka bogʻlari» yaratiladi va hosilga kirganidan so‘ng aholiga 5-yil muddatda boʻlib toʻlash uchun beriladi.

Bog‘ yaratish istagida bo‘lgan tadbirkorga arzon kreditli va tayyor loyihali yer berish tizim shakllantiriladi.

Tizim tashkil etilib, 2024-yil so‘ngigacha 14 ming, 2025-yil 29 ming gektarda mana shunday bogʻ va tokzorlar yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga $1,6 mlrd ajratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek