Maosh 1000 yevrodan boshlanadi: oʻzbekistonliklar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Ish beruvchi hisobidan yashash joy, transport xarajatlari qoplab beriladi
Foto: fotovincek / depositphotos.com

Oʻzbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat fuqarolari opalubka, armatura, parket, shtukatur ishlari, kranchi va ekskavatorchi mutaxassisliklari boʻyicha ishga taklif qilinmoqda.

Nomzodlar uchun 18 – 50 yosh oraligʻida boʻlish, rus yoki ingliz tilini bilish, soha boʻyicha kamida 1-yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan) talab qilinadi. Shuningdek, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan va jismonan hamda ruhan sogʻlom boʻlish talablari qoʻyilgan.

Ish beruvchi hisobidan yashash joy, transport xarajatlari qoplab beriladi. Viza toʻlovi, aviachipta, agentlik toʻlovini fuqaroning oʻzi toʻlaydi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaning Ozon va Rusal kompaniyalari oʻzbekistonliklarni ishga tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek