O‘zbekiston hamda Qozog‘iston Sirdaryoda avtomatik hisobni yuritish sistemalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘nta gidropostni belgiladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi suv resurslari va irigatsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev va Qozog‘iston vazirligi rahbari Nurjan Nurjigitov Sirdaryo daryosida gidropostlarni avtomatlashtirish, zamonaviy suv hisobini yuritish sistemalarini o‘rnatish yuzasidan o‘nta nuqtani belgilab oldi.
«Bir yil davomida biz o‘zaro hamkorligimizning ijobiy natijalarini ko‘rdik, shuning uchun yaqin ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga intilmoqdamiz. Ko‘p masalalarda umumiy qarashlarga egamiz», dedi Nurjan Nurjigitov.
Ikki davlat vakillari Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari kaskadining 2025-yilgi suvlov mavsumidagi faoliyati masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Shavkat Xamrayev O‘zbekistonning Xalqaro Orolni saqlash fondida Qozog‘istonning raisligini mustahkamlash istagini bildirdi.
Bundan tashqari, tomonlar suv resurslarini ratsional ishlatish bo‘yicha mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishni muhokama qildi. Muzokaralar yakunida vazirlar uchrashuv protokoliga imzo chekdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 17-sentabr kuni Vena shahrida O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va XAEA bosh direktori Rafael Grossi uchrashishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.