Yangiliklar

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 4 foizga oshdi

Cobalt va Damas yetakchilik qilmoqda
Rasm: welcomia/Depositphotos

2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston korxonalari qariyb 243 mingta yengil avtomobil ishlab chiqardi – bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizga ko‘pdir. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina yana Cobalt bo‘ldi. Sakkiz oy ichida ushbu rusumdagi 102 mingta avtomobil konveyerdan chiqarildi. Uni ishlab chiqarish 2023-yilning shu davriga nisbatan bir yarim barobarga oshgan.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni qariyb 60 mingta avtomobil bilan Damas egalladi. Shu bilan birga, Gentra ishlab chiqarish to‘rt baravarga qisqardi – 53 mingdan 13 ming donagacha.

Bundan tashqari, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 1,4 mingta Haval va oltita Lada avtomobili yig‘ilgan.

Maxsus avtomobillar ishlab chiqarish 24 foizga oshib, 17 mingtaga yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AvtoVAZ O‘zbekistonda duch kelgan qiyinchiliklar haqida yozgan edi.