Yangiliklar

Besh grammlik oltin quymasining narxi 5,5 mln so‘mdan oshdi

Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi
Foto: AntonMatyukha / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda joriy yilning 23-sentabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymasining narxi 5,5 mln so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Regulyatorga ko‘ra, oltin quymalarining narxi joriy yilning 17 – 19-sentabr kunlari bosqichma-bosqich pasayib 5,42 mln so‘mgacha tushgan edi. Shuningdek, 20-sentabr kunidan boshlab oltin quymalarining narxi ko‘tarilib, 5,4 mln so‘mga yetdi.

Jahon bozorida ham oltin narxlarida o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Bu holat bevosita O‘zbekistonda ham oltin narxining pasayishi yoki ko‘tarilishiga olib keladi.

LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra,  20-sentabr kunduzgi belgilangan narxlar $2606,45 ni tashkil qilgan. Kechki hisobotlarga ko‘ra esa narxlar $2605.85 ga o‘zgargan, ya’ni tungi vaqtga kelib oltin narxlari $0,6 ga pasaygan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oltin narxi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.