Yangiliklar

O‘zbekistonda qurilish pasportlariga QR kodlar qo‘shiladi

Videokameralar ham o‘rnatiladi
Foto: Pixabay.com

Oʻzbekistonda qurilish obyektlari uchun QR kodli pasportlar joriy etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu hujjat har qanday shaxsga qurilish haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Agar u bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi.

O‘tgan yili 1,6 mingta obyekt ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilishni boshlagan bo‘lsa, joriy yil boshidan buyon ularning soni 2,2 mingtaga yetdi.

Endilikda Qurilish nazorati inspeksiyasi tuman bo‘limlarida binolar qurilishini nazorat qiluvchi operatorlar shtablari tashkil etiladi. Qurilayotgan har bir obyektga kamida ikkitadan videokameralar o‘rnatiladi, ulardagi ma’lumotlar onlayn rejimda shtab-kvartiraga yuboriladi.

Qurilish vazirligi, Qurilish nazorati inspeksiyasi va Bosh prokuraturaga qurilish sohasida byurokratiya va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish majburiyati topshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan to‘rt yil ichida qurilish korxonalari soni O‘zbekistonda 12 mingdan ortiqroqqa ko‘paygani haqida yozgan edik.