O‘zsuvta’minot: Olmaliqdagi maktab o‘quvchilarining zaharlanishi suv bilan bog‘liq emas
Joriy yilning 15-sentabridan 19-sentabr kuniga qadar Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kassaligi bilan jabrlangan. O‘zsuvta’minot matbuot xizmati rahbari Akbar Tohirov bolalar suvdan zaharlanmagan, deya bayonot berdi.
Bolalar ombudsmani vaziyatni o‘rganmoqda. Hozir maktab o‘quvchilarining ahvoli barqaror, yetti nafari uyda davolanmoqda.
Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tahlil uchun suv va mahsulotlar namunalari olinib, tekshiruv o‘tkazildi. Shuningdek, holatni maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi o‘rganmoqda. Olmaliq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Muhteshem doner» kafesida 23 nafar shaxs ovqatdan zaharlangani haqida yozgan edi.