Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yog‘di – video

eʼlon qilindi
Ba’zi yo‘llarda harakat to‘xtatildi
Foto: TrafficSA / X

Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) bir qancha hududlarida kuchli qor yog‘di, deb xabar berdi France24.

Kutilmagan qor yog‘ishi tufayli Yoxannesburg va Durban shaharlarini bog‘lovchi 3-shosseda transport harakati to‘xtatildi.

Yakshanba kuni kechqurun ba’zi haydovchilar o‘z mashinalarida tunashga majbur bo‘ldi. Haydovchilarga zarur yordam ko‘rsatildi. Yo‘l xizmatlari keng tarqalgan ofat oqibatlarini bartaraf etishga kirishdi.

Video: UzbMeteo

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatida qor yoqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek