Yangiliklar

Toshkentda noqonuniy dori sotganlar qo‘lga olindi

Tadbir davomida 829 quti “Vinafer” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi
Foto: Departament axborot xizmati

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noqonuniy dori sotgan shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda departament axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tadbir natijalarida bir necha fuqarolar tomonidan 826 quti «Vinafer» dori vositasini $9 ming hamda 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Shuningdek, tadbir davomida 829 quti «Vinafer» dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan 186-3-moddasi (dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni dorixonalar va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olingani haqida xabar bergan edi.