Toshkentdagi «Navro‘z» bog‘ida o‘tgan dam olish kunlari o‘zbekistonlik oshpazlar va ularning xorijlik hamkasblari ishtirok etgan «Lazzatli O‘zbekiston» xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi. Bayramga Kursiv Uzbekistan fotomuxbiri Roman Fedotov tashrif buyurdi. Uning reportajini taqdim etamiz.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirda yuzdan ortiq oshpazlar ishtirok etdi. Ular ellikta taom tayyorladilar. Yigirmaga yaqin xorijlik oshpazlik mutaxassislari mahorat darslari o‘tkazdi. Festival mehmonlariga turk, italyan, hind, yapon, ozarbayjon, rus, eron taomlari haqida so‘zlab berildi.
«Lazzatli O‘zbekiston» ishtirokchilari «A’lo xizmat ko‘rsatgani uchun», «Milliy taomlarni asrab-avaylashga qo‘shgan hissasi», «Stendning a’lo darajada bezatilgani uchun» va «Yuqori professionalizmi uchun» kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlandi.
Oshpazlik dasturidan tashqari, tomoshabinlarni ijodiy jamoalar va teatr truppalarining chiqishlari bor edi.
Festival boshlanishidan oldin 20 mingdan ortiq mehmonlar, jumladan, mingga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi taxmin qilingan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Face of Uzbekistan – 2024» shousi qanday o‘tgani haqida yozgan edi.