Yangiliklar

Har bir tumanda «yashil» mahalla barpo etiladi

Obodonlashtirilmagan mahallalar ro‘yxati tuziladi
Foto: Uzbek-travel.com

O‘zbekistonda mahallalarda infratuzilmani yaxshilanishi bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1-noyabrga qadar 1 mingta obodonlashtirilmagan mahallalar ro‘yxati tuziladi.

Tuman va shaharlarni rivojlantirish dasturini qabul qilib, ularda tadbirkorlarning mehnat qilishi uchun shart-sharoit yaratish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, har bir tumanda «yashil» mahalla barpo etiladi.

Ushbu maqsadlar uchun 2024-yilda Oilaviy tadbirkorlik va mikromoliya tashkilotlarini (MMT) rivojlantirish dasturi doirasida 4 trln, 2025 yilda esa 15 trln yo‘naltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2025-yilga borib 1,5 mln aholini qashshoqlikdan chiqarilishi haqida yozgan edik.