O‘zbekistonlik 13 nafar dzyudochi o‘z vaznida eng yaxshilar qatoridan o‘rin oldi. Reyting Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) veb-saytida joylandi.
Unga ko‘ra, -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasidan so‘ng yetakchilikni yanada mustahkamladi.
Shuningdek, «Parij – 2024» yozgi Olimpiada o‘yinlarida yuqori natijaga erishgan Muzaffarbek To‘raboyev 4-o‘rinda, Alisher Yusupov 8-o‘rinda, Davlat Bobonov 12, Doston Ro‘ziyev va Dilshodbek Baratov 15-16, Shahram Ahadov 5, Murodjon Yo‘ldoshev 8, Sharofiddin Boltaboyev 7, Shukurjon Aminova 20, Gulnoza Matniyozova 19-o‘rinda turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kurashchilarimiz Ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasidagi Qozoq kurashi sport turidan 11 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.