13 yoshli qizini sotgan ayolga hukm o‘qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ayol avval ham JK 169-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan
Foto: Oliy sud matbuot rahbari ijtimoiy sahifasi / Kursiv

Samarqandda 13 yoshli qizini $25 mingga sotgan ayolga nisbatan sud tomonidan hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, farzand talabida bo‘lgan oila tomonidan ayolga qizini farzandlikka berish evaziga uy olib berish va’da qilingan.

Shundan so‘ng ayol o‘z farzandini $25 mingga sotgan hamda restoranda o‘tirgan vaqtida qo‘lga olingan. Ayolning yonidan qizining evaziga olingan pullar ham topilgan.

Sudda raislik qiluvchi Jahongir Arslonov tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.   

Ma’lumot uchun, ushbu ayol avval ham Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 140 nafar mahkum jazoni o‘tash muddatidan oldin ozod etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek