Endilikda rahbarlarga kambag‘al oilalar biriktiriladi

eʼlon qilindi
Ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi
Foto: Live Journal

Rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi. Bu haqda PQ-330-son prezident qarorida belgilandi.

Ma’lum qilinishicha, 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarining har biriga har olti oyda beshtadan eng og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktiriladi.

Bundan tashqari, qarorda 2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.

Kelgusi yil 1-aprelidan boshlab Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida oilalardagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi.

Shuningdek, mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil oxirigacha 1,5 mln nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish rejasi tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek