Isroilga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi – Qanot Sharq
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Chipta narxlari esa, 4,2 million so‘mdan boshlanadi
                    
                            
Qanot Sharq aviakompaniyasi noyabr oyidan boshlab Toshkent – Тel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu ikki shahar o‘rtasidagi parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxlari esa, 4,2 million so‘mdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Qanot Sharq aviakompaniyasi tomonidan Tel-Avivga parvozlar 2023-yil bahoridan buyon Samarqand viloyatidan amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qanot Sharq aviakompaniyasi Qarshidan Istanbulga parvozlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.
