MDH saylovlarga aralashish urinishlarini qoraladi

eʼlon qilindi
Hamdo‘stlik saylov organlari rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha
Rasm: MDH internet portali

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ga a’zo davlatlar saylovlarga aralashish urinishlarini qoraladi. Bu haqda Minskda bo‘lib o‘tgan MDH a’zolari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi bayonotida aytiladi, deb xabar berdi birlashma Parlamentlararo assambleyasining Telegram-kanali.

Shuningdek, hujjatda saylovning borishini xalqaro kuzatish va MDHdan kuzatuvchilar missiyasini yuborish amaliyoti muhimligi qayd etilgan. Kengash ushbu jarayonning umumiy tamoyillarini belgilashga chaqirdi.

Maslahat kengashi – MDHning davlatlararo organi. U 2022-yilda tashkil etilgan va o‘shandan beri hamdo‘stlik mamlakatlarida «saylov jarayonini takomillashtirish» uchun xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston MDHga a’zo davlatlar qatoriga kiradi.

Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston MDHning Korrupsiyaga qarshi kurash kengashiga taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek