Xitoyning Nio avtomobil kompaniyasi Belgiyadagi Audi zavodini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Forst shahrida Audi Q8 ishlab chiqaruvchisi ishdan bo‘shatish xavfi ostida bo‘lgan 2910 nafar xodim bilan ishlaydigan zavod yopilishining oldini olish uchun xaridor qidirmoqda.
Nio delegatsiyasi zavodga tashrif buyurdi va kompaniya rasmiy taklifni berish uchun 23-sentabrgacha vaqti bor. Kelgusi yilda Q8 e-tronning so‘nggi modellari konveyerdan chiqariladi.
Nio Yevropa bozoriga 2021-yilda kirib kelgan, ammo avtomobillar savdosi pastligicha qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD va Mersedes munosabatlariga sovuqchilik tushgani haqida yozgan edi.