Tahoe avtomashinasida tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirib harakatlangan Olimpiada chempioni jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev shahar markazida Tahoe avtomashinasida 110 km/soat tezlikda harakatlangan.
Ushbu holatni o‘z ijtimoiy sahifasiga joylagan. Shundan so‘ng holat muxlislar tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan avtomashina haydovchisi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.
Shuningdek, qoidabuzar haydovchiga nisbatan MJtK ning 1283-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 3 mln 60 ming so‘m jarima qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda qoidabuzar haydovchilar maktabda izza qilinayotgani haqida xabar bergan edi.