O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan diplomatik munosabatlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O’zR tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z telegram kanalida xabar berdi.
Kabo-Verde tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri doktor Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh bilan qo‘shma shartnomalar imzolandi.
Seyshel tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond bilan uchrashuv chog‘ida qo‘shma kommyunike imzolandi.
Davlat rasmiysi ikkala mamlakat vazirlari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini qayd etdi.
Kabo-Verde – Atlantika okeanidagi orol davlat, Afrika qirg‘oqlaridan 600 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 600 ming kishidan sal kam. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM bo‘yicha Kabo-Verde dunyoda 124-o‘rinda.
Seyshel oroli – Afrikadan 1,6 ming km uzoqlikda joylashgan orol davlat. Bu yerda 98 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM bo‘yicha Seyshellar dunyoda 52-o‘rinni egallaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tolibon elchisining O‘zbekistonga kelishi haqida yozgan edi.