O‘zbekistonda aliment to‘lovi 15 foizga oshadi

eʼlon qilindi
Ishsiz bo‘lgan aliment to‘lovchilar uchun ham aliment miqdori 10 foizgacha oshirildi

Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromovga tayanib, O‘zA bergan ma’lumotlarga ko‘ra aliment to‘lovi 15 foizga oshadi.

Ma’lum qilinishicha, aliment undiruvi qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha joriy yilning 1-sentabridan boshlab 15 foizga, pedagog xodimlar ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 1-oktabrdan boshlab 15 foizga ko‘tariladi.  

Bundan tashqari, xususiy sektor va budget tashkilotlari xodimlari uchun 10 foizgacha oshirildi. Ishsiz bo‘lgan aliment to‘lovchilar uchun ham aliment miqdori 10 foizgacha oshirildi.

Qonunchilik bo‘yicha aliment to‘lovchi ishsiz bo‘lsa yoki rasmiy daromad bo‘yicha hujjat taqdim qilinmagan bo‘lsa aliment miqdori, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik miqdori bo‘yicha hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi oshirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek