O‘zbekistonlik shaxmatchilar Toshkentda qanday kutib olindi – foto

Budapeshtda bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasidan qaytgan O‘zbekiston vakillari Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Erkaklar jamoasi ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan pul mukofotlari va BYD Chazor avtomobillari topshirildi. Musobaqada ular butunjahon miqyosida 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra 12-o‘rinni egalladi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi FIDE Shaxmat olimpiadasi 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik shaxmatchilarni tabriklagani haqida yozgan edik.