Samarqandda Traсker velosipedchini oʻrib yubordi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatda velosipedchi tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizildi
Foto: Samarqand

Samarqand shahrida Tracker piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan 12 yoshli velosiped boshqarib ketayotgan piyodani oʻrib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 23- sentabr kuni soat 19:10 lar atrofida Samarqand shahar Afrosiyob koʻchasida sodir boʻlgan. Tracker rusumli transport vositasi haydovchisi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan 2012-yilda tugʻilgan velosipedchini urib yuborgan.

Hodisa oqibatda velosipedchi tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chirchiqda Spark avtomobili kanalga tushib ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek